<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><title>Yor-yor Q204 Q203</title>
<lyrics>[V1]
 Yor-yorlarning avval boshi, Rabbim Iso yor-yor Rabbim Iso,
 Har misrasi yuragimdayo, Kalomimo yor-yoro Kalomimo.
 Kalomlaring Parvardigor boʻlgay bajo yor-yoro boʻlgay bajo,
 Gunohga qul boʻlganlargayo bergay najot yor-yoro bergay najot.

[V2]
 Qoʻlda amru-farmon bilan Iso keldi yor-yoro Iso keldi,
 Elu yurtga najot olibo Iso keldi yor-yoro Iso keldi.
 Rabbim qayta kelar beshak bu qanday soz yor-yoro bu qanday soz,
 Uning kelar yoʻllarigayo dil poyandoz yor-yoro dil poyandoz.

[V3]
 Xudo Soʻzi davlat ekan, mehrim tushdi yor-yoro mehrim tushdi,
 Imonli bir yigitgayo singlim tushdi yor-yoro singlim tushdi.
 Singlim uchun bir umrlik baxt tilayman yor-yoro baxt tilayman,
 Oltin emas, imondan taxt tilayman yor-yoro taxt tilayman.

[V4]
 Jon singlim, jonim singlimo omonda boʻl yor-yoro omonda boʻl,
 Parvardigor qizisano imonda boʻl yor-yoro imonda boʻl.
 Daryolarni yoqalab, yoqalab sor keladi yor-yoro sor keladi,
 Imonini sep qilibo yor keladi yor-yoro yor keladi.

[V5]
 Bizdagina bozor yoʻqdir tashlab keldik yor-yoro tashlab keldik,
 Imonli bir barnoniyo boshlab keldik yor-yoro boshlab keldik.
 Dilbandimiz aql hushda salomatdur yor-yoro salomatdur,
 Avval Xudo, keyin sizga omonatdur yor-yoro omonatdur.

[V6]
 Koinot Hukmdori, har bir suyganning yori,
 Kelin salom beradi, ibo bilan egiladi.
 // Qabul aylang avval Xudo sajdam sizga yor-yor. //
 Insonlarning gultoji, boshida imon toji,
 Kelin salom beradi, ibo bilan egiladi.
 // Qabul aylang Rabbim Iso sajdam sizga yor-yor. //

[V7]
 Boʻlmaganni boʻldirgan, yuraklarni toʻldirgan,
 Kelin salom beradi, ibo bilan egiladi.
 // Qabul aylang Muqaddas Ruh sajdam sizga yor-yor. //
 Qoʻlda Muqaddas Kalom, undan durlarni tergan,
 Choʻpon qilib bizlarga Parvardigorim bergan.
 Kelin salom beradi, ibo bilan egiladi.
 // Qabul aylang choʻponlarimiz sizga salom yor-yor. //

[V8]
 Yaxshilikning yoʻlida, yaxshi niyat dilida,
 Kelin salom beradi, ibo bilan egiladi.
 // Qabul aylang qaynotasi sizga salom yor-yor. //
 Osmondagi hur misol, oʻgitlari dur misol,
 Kelin salom beradi, ibo bilan egiladi.
 // Qabul aylang qaynonasi sizga salom yor-yor. //

[V9]
 Mahallada u oyim, duo qiladi muloyim,
 Kelin salom beradi, ibo bilan egiladi.
 // Qabul aylang momolari sizglarga salom yor-yor. //
 Mehmon kelsa xoʻsh degan, mehmonxonalar boʻsh degan,
 Kelin salom beradi, ibo bilan egiladi.
 // Qabul aylang amaki, togʻalari sizlarga salom yor-yor. //

[V10]
 Uyimizning tiragi, hammadan ham keragi,
 Kelin salom beradi, ibo bilan egiladi.
 // Qabul aylang ovsinlari sizlarga salom yor-yor. //
 Jamoatning sardori, kelinoyim xaridori,
 Kelin salom beradi, ibo bilan egiladi.
 // Qabul aylang kuyov toʻramiz sizga salom yor-yor. //

[V11]
 Past devordan qaragan, xizmat bormi deb soʻragan,
 Kelin salom beradi, ibo bilan egiladi.
 // Qabul aylang qoʻshnijonlari sizlarga salom yor-yor. //
 Boʻynimdagi marjonim toʻkildi, ado boʻldi,
 Ruxsat bering jon qudalar salomim ado boʻldi.
 Kelin salom beradi, ibo bilan egiladi.
 Qabul aylang aziz mehmonlar barchaga salom yor-yor.
 Barchaga salom yor-yor.</lyrics>
<hymn_number>204</hymn_number>
</song>